Fransiya sudi Başar Asad va yana uç kişini hibsga oliş uçun xalqaro order berdi
Fransiya sudi tinç aholiga qarşi taqiqlangan kimyoviy qurol qöllaganlikda ayblanayotgan Suriya prezidenti Başar Asad, ukasi Maher Asad va ikki suriyalik generalni hibsga oliş uçun xalqaro order berdi.
BBC’ga köra, Suriya OAV va söz erkinligi markazi, «Oçiq jamiyat huquqiy taşabbusi» huquqşunoslar uyuşmasi va mamlakatdagi inson huquqlarining buzilişiga oid holatlarni hujjatlaştirgan Suriya arxivi bu haqda sudga jamoaviy daʼvo kiritgan.
Parij sudining insoniyatga qarşi jinoyatlarni taʼqib qilişga ixtisoslaşgan maxsus bölimi Suriyada 2013-yilning avgustida Duma şahri va Şarqiy Guta mintaqasida kimyoviy quroldan foydalanilganini 2021-yildan buyon tergov qilib keladi. Öşanda 1000 dan ortiq odam halok bölgani aytiladi. Biroq Suriya rasmiylar bu boradagi ayblovlarni tan olmaydi.
👉 @xushnudbek 👈



