FIFA mundialda iştirok etadigan terma jamoalarga beriladigan mukofot pulini oşirdi
💰 FIFA mundialda iştirok etadigan terma jamoalarga beriladigan mukofot pulini oşirdi: Özbekiston kamida 12,5 mln dollar oladi
Asosiy özgarişlar:
➖ Jahon çempionatiga tayyorgarlik uçun subsidiya – 2,5 mln dollarga (avval 1,5 mln dollar edi);
➖ Iştirok uçun, natijadan qatʼi nazar tölanadigan mablağ – 10 mln dollarga (avval 9 mln dollar edi) oşirildi.
💵 Özbekiston terma jamoasi guruh bosqiçida iştirok etiş orqali jami 12,5 mln dollar işlab oladi. Bu kafolatlangan summa bölib, qayd etadigan natijamiz qanday bölsa ham, şu mablağ terma jamoamizga beriladi. Agar guruhdan çiqsak, yana 15 mln dollarga ega bölamiz.
ℹ Maʼlumot uçun, 🇺🇸AQŞ, 🇨🇦Kanada va 🇲🇽Meksika maydonlarida bölib ötadigan mundial 11-iyundan 19-iyulga qadar davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈



