Muhim

Fatvo: maşina uçun şartnomani olib sotiş şarʼan nojoiz

Matn12-avgust, 2023, 20:302 daqiqa0 koʻrish

❗️Fatvo: maşina uçun şartnomani olib sotiş şarʼan nojoiz

GM Lacetti va Cobalt avtomobillariga şartnoma berişni boşlaşi hamon baʼzilar avtosalonlardan şartnoma olib, maʼlum bir mablağ evaziga boşqalarga sotişni boşladi.

Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu iş şarʼan JOIZ EMAS deb fatvo berdi.

Birinçidan, bu yerda şartnoma predmeti bölgan maşina savdo moli bölib, unga qilinadigan tölov şartnoma egasining nomidan amalga oşiriladi va maşina ham uning nomiga çiqadi. Yaʼni sotuvçi hali qöliga kirmagan maşinani ustiga foyda qöyib sotadi. Bu iş esa, şarʼan joiz emasdir.

Ikkinçidan, maşinaga tölov qilayotgan şaxs şartnoma egasining nomidan tölov qilgani uçun maşina ham şartnoma egasining nomiga çiqadi va qaçonki u notarial tartibda xaridor nomiga ötkazib bermaguniça mulk ham uning ixtiyorida qolib, xaridor aldanib qoliş ehtimoli mavjud. Bu esa, şariatda man qilingan ğarar – aldov ustiga qurilgan savdo hisoblanadi.

Uçinçidan, aksariyat holatlarda bu kabi şartnoma sotuvçilar bir neçta şartnomani qölga kiritib, ularni sotişga harakat qiladi. Masalan, 134 mln 294 ming sömlik avtomaşina ustiga şartnomani olib bergani uçun 1 ming 200 dollar ustama qöyadi. Tabiiyki bu narsa narxning oşişiga sabab böladi. Sunʼiy ravişda narxlarni oşirişdan Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qaytarganlar.

Şularni eʼtiborga olgan holda avtomaşina sotib oliş uçun tuzilgan şartnomani sotiş şarʼan nojoizdir. Vallohu aʼlam.

Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek