Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Farğonada pora olgan MIB tuman bölimi boşliği uşlandi

Foto20-iyun, 2025, 20:331 daqiqa0 koʻrish

Davlat xavfsizlik xizmati:

Farğona viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi (MIB) boşliği sudning ijro varaqasi böyiça javobgarlarni uşbu tumandagi xonadondan majburiy tartibda köçiriş yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab beriş evaziga 2 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Joriy yil 3-iyun kuni u talab qilingan pul mablağidan 1 ming 200 dollarni pora sifatida olgan.

Ötkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek