Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Farğonada «Burhoniddin Marğinoniy» majmuasi oçildi

Albom28-aprel, 2026, 11:143 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Farğonada “Burhoniddin Marğinoniy” majmuasi oçildi

Keça, 27-aprel kuni Şavkat Mirziyoyev iştirokida majmuaning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Majmua haqida ayrim maʼlumotlar:

🔹 loyiha qiymati 1,7 trln söm, boş rejasi 🇹🇷Turkiyaning Studio Vertebra kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan;

🔹 maydoni 35 gektar, mehmonxona, karvonsaroy, savdo va xizmat körsatiş binolari, hunarmandlar markazi, milliy bozor va muzeylar qurib bitkazilgan;

🔹 majmuada “Otabek va Kumuş uyi” muzeyi ham taşkil etilgan. Uning devorlarida “Ötkan kunlar” romani sahnalari jonlantirilgan. Şuningdek, maqom teatri, şoir va rassomlar xiyoboni hamda kutubxona ham joy olgan;

🔹 kelgusida bu yerda biznes markaz, 1 ming 500 örinli masjid, mehmonxonalar, 400 ta savdo va xizmat körsatiş nuqtasi hamda 300 örinli bozor taşkil etiladi;

🔹 majmua töliq işga tuşgaç, viloyatga yiliga örtaça 200-250 ming nafar xorijiy sayyoh jalb etilişi, buning natijasida 2 mingta iş örni yaratilişi, byudjetga 52 mlrd söm tuşum va 30 mln dollarlik xizmatlar eksporti taʼminlanişi kutilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 18 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek