Muhim

Fan olimpiadalari ğoliblariga jami 13 mlrd söm pul mukofoti topşirilmoqda

Albom15-dekabr, 2025, 11:542 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Fan olimpiadalari ğoliblariga jami 13 mlrd söm pul mukofoti topşirilmoqda

Ayni daqiqalarda 2025-yilda Xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari bölgan öquvçilar va ularning ustozlarini taqdirlaş marosimi bölib ötmoqda.

Joriy yilda bilimli yoşlarimiz jami 210 ta medal, şundan 40 ta oltin, 78 ta kumuş va 92 ta bronza medalini qölga kiritişdi.

🔥 Eng qiziği, joriy yilda ilk marta nufuzli xalqaro fan olimpiadasida oltin medal olgan öquvçiga 1 mlrd sömdan köproq pul mukofoti berilmoqda!

Masalan, Daler Rahimov hamda Mirjahon Muhammadov 1 mlrd 39 mln sömdan mukofot olişdi. Çempionlarni tayyorlaydigan ustozlardan Mohira Boltayeva esa 591 mln söm mukofot pulini qölga kiritdi.

Nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadasida (IMO, IÇO, IBO, IPhO, IOI) sovrindor bölgan öquvçilarga quyidagi miqdorda pul mukofoti beriladi:

🥇Oltin medal uçun: 1 mlrd 30 mln söm;
🥈Kumuş medal uçun: 618 mln söm;
🥉Bronza medali uçun: 412 mln söm.

Ularning ustozlariga esa:

🥇Oltin medal uçun: 185 mln 400 ming söm;
🥈Kumuş medal uçun: 103 mln söm;
🥉Bronza medali uçun: 61 mln 800 ming söm.

Joriy yilda ğoliblarga jami 13 mlrd söm mukofot puli berildi. Ötgan yili bu summa 3,5 mlrd söm edi.

👏🏻Qoyil, barakalla! Barça ğoliblarni çin dildan tabriklayman! Gaziga bosinglar, bilimli öquvçilar ham milliarder böladigan paytlar keldi! Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin!

👉 @xushnudbek 👈

  • 27 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek