Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Faktçek: hali mandat çiqmadi, lekin ayrim abituriyentlarga öqişga kirgani haqida rasmiy xabar keldi

Albom21-avgust, 2023, 00:522 daqiqa0 koʻrish

Faktçek: hali mandat çiqmadi, lekin ayrim abituriyentlarga öqişga kirgani haqida rasmiy xabar keldi

Mendagi maʼlumotlarga köra, mandat eʼlon qiliş uçun barça narsa tayyor. UzBMB saytiga natijalar yuklangan ham. Bugun (21-avgust, duşanba) kun davomida eʼlon qiliniş ehtimoli katta.

Natijalar tayyorligini ayrim abituriyentlarga kelgan xabardan ham bilsa böladi. Masalan, mandat.uzbmb.uz saytida baʼzi abituriyentlarning sahifasida öqişga kirgani haqida maʼlumot paydo böldi.

Masalan, 4935529 (B.Nurmurodov) yoki 4765122 (X.Norbötayeva) ID raqamli abituriyentlarni qidirsangiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tölov-kontrakt asosida (sariq rang) öqişga qabul qilingani haqida maʼlumot çiqib keladi. Lekin eng qiziği uşbu abituriyentlar umumiy röyxatda körinmayapti. Menimça, saytga ular öqişga kirgani haqida maʼlumot joylangani uçun ular hali javobi eʼlon qilinmaganlar röyxatidan çiqib ketgan.

Bunaqasini avvalgi yillarda uçratmagandim, özim uçun ham qiziq böldi. Hozirça UzBMB bunga izoh bermadi, lekin katta ehtimol bilan tizimni tekşiriş uçun 2-3 nafar abituriyentda sinov tariqasida mandatni çiqarib körişgan bölsa kerak.

Xullas, qissadan hissa şuki, Nurmurodov va Norbötayevani öqişga kirgani bilan tabriklaymiz :)

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek