Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Ertaga akademik litseylarga kiriş test sinovlari bölib ötadi

Matn23-iyul, 2023, 16:421 daqiqa0 koʻrish

Ertaga akademik litseylarga kiriş test sinovlari bölib ötadi

📆 2023-2024-öquv yili uçun akademik litseylarga kiriş test sinovlari ertaga (24-iyul kuni) ikki smenada bölib ötadi. Bunda:

1️⃣-smena — 09:00 (imtihonga yetib keliş vaqti — 07:30) da;
2️⃣-smena — 15:00 (imtihonga yetib keliş vaqti — 13:30) da boşlanadi.

📚 Test sinovlari taʼlim yönalişiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlaş böyiça ötkaziladi.

⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topşiriği va ularni bajariş uçun javoblar varaqasini töldiriş bilan birga 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida töplaş mumkin bölgan maksimal ball – 146 ball bölib, taʼlim yönalişiga mos fanlar böyiça har bir toğri javob uçun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlaş böyiça esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar qaçon, qayerda test sinovida iştirok etişini my.edu.uz sayti orqali şaxsiy kabinetidan bilişlari va ruxsatnomani yuklab olişlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi ötkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan keçikmagan holda şaxsini tasdiqlovçi hujjat va test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnoma bilan keliş söraladi.

📺📺 Test sinovi test2023.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilib boriladi va keng jamoatçilik jarayonlarni onlayn kuzatib boriş imkoniyatiga ega böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek