Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tayinlov

Energetika vaziri örinbosari etib tayinlangan Umid Mamadaminovning asl kasbi — energetik

Matn17-avgust, 2023, 19:071 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzUşbu tayinlovga qadar Umid Mamadaminov qişloq xöjaligi vaziri örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Energetika vaziri örinbosari etib tayinlangan Umid Mamadaminovning asl kasbi — energetik. U 2006-yilda Toşkent davlat texnika universitetini, 2015-yilda esa Amerika Qöşma Ştatlarining Oregon texnologiya institutini aynan energetika yönalişida tamomlagan. Mutaxassisligi sanoat elektronika muhandisi, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridir.

U bunga qadar qişloq xöjaligi vaziri örinbosari bölib işlagani uçun ayrimlar notöğri tuşunib, "agronomni Energetikaga tayinlaşdi" deya fikr bildirgan ekan.

Energetika vazirligi bu gap-sözlarga rasmiy munosabat bildirib, U.Mamadaminov mehnat faoliyati davomida rivojlangan davlatlarda qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr işlab çiqarişga doir loyihalarni amalga oşirişda qatnaşganini alohida taʼkidladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek