Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Endi «Taşabbusli byudjet»da bir kişi faqat bir marta ovoz bera oladi

Foto31-yanvar, 2024, 14:082 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

‼️Endi “Taşabbusli byudjet”da bir kişi faqat bir marta ovoz bera oladi

Ertaga, 1-fevraldan boşlab “Taşabbusli byudjet” loyihasining 2024-yilgi 1-mavsumi uçun taşabbuslar qoldiriş boşlanadi. 1-mavsum uçun jami 3 trln söm mablağ ajratilmoqda.

Har bitta taşabbus uçun maksimum 1 mlrd 360 mln söm mablağ söraş mumkin.

Joriy yildan boşlab eng katta yangilik — bu ovoz berişda soğlom raqobat muhitini yaratiş maqsadida “Bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi.

Yaʼni endi nomida neçta sim-kartasi bölişidan qatʼi nazar 1 kişi faqat 1 marta ovoz bera oladi. Masalan, mening nomimda Uzmobile, MobiUz, Ucell va Beeline raqamlari bor deylik. Şu paytgaça men 4 ta ovoz bera olar edim. Endi esa faqat 1 marta ovoz beraman, keyingi safar boşqa kompaniya raqamidan yana ovoz bermoqçi bölsam, menga rad javobi keladi.

Bu orqali yuzlab sim-karta sotib olib, ovozlari sonini sunʼiy köpaytirişga çek qöyiladi. Bu juda zör!

Şuningdek, bundan buyon “Taşabbusli byudjet” doirasidagi loyihalar taşabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining iş sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanişga qabul qiliş tartibi joriy etilişi kutilmoqda. Bu orqali işni sifatsiz topşiradiganlarga qarşi kuraşiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek