Endi AQŞ talaba vizasini olişda talabgorning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari ham tekşiriladi
Endi AQŞ talaba vizasini olişda talabgorning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari ham tekşiriladi
Uşbu tartib keçadan eʼtiboran kuçga kirgan bölib, u F (taʼlim), M (akademik bölmagan va kasbiy taʼlim), J (almaşinuv dasturlari) turdagi vizalar olişda amal qiladi.
🌐 Unga köra, viza olişga daʼvogardan barça ijtimoiy tarmoq akkauntlaridagi maxfiylik sozlamalarini “ommaviy” holatga ötkaziş söraladi. Yaʼni “qulf” osilgan profillarni oçib qöyiş kerak.
📋 Vizaga murojaat etiş uçun töldirilgan DS-160 formasida, murojaatçilar sönggi 5 yil mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda foydalangan barça ismlar va taxalluslarini kiritişlari talab etiladi.
Formani imzolab yuborişdan avval, murojaatçilar töldirilgan DS-160 formadagi barça maʼlumot töğri va haqqoniy ekanligini tasdiqlaşlari zarur.
❌ Ijtimoiy tarmoqlar bilan boğliq maʼlumotni kiritmaslik viza murojaati böyiça rad javobi berilişiga hamda kelgusida viza oliş huquqidan mahrum bölişga olib kelişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 103 Telegram Stars



