Muhim

Elektron hujjat körsatiş tartibi böyiça ayrim izohlar

Albom1-iyul, 2025, 22:166 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Elektron hujjat körsatiş tartibi böyiça ayrim izohlar

Bugun, 1-iyuldan boşlab, şaxsni tasdiqlovçi va boşqa hujjatlarning elektron şakli ham tan olinadigan böldi. Buning uçun my.gov.uz sayti hamda uning mobil ilovasida elektron hujjatni körsatiş kifoya, original qoğoz şakli talab etilmaydi. Ammo bu hamma joyda ham ötavermaydi.

Vazirlar Mahkmasi qarorida qayerlarda elektron hujjat körsatiş ötişi belgilangan:

➖ banklarda;
➖ notarial idoralarda;
➖ aeroportlarda içki reyslarni röyxatdan ötkazişda;
➖ Özbekiston hududidan ötuvçi poyezdlarga çiqişda;
➖ davlat, korporativ va boşqa xizmatlarni körsatişda, şu jumladan, elektron xizmat körsatişda;
➖ fuqarolarni qabul qilişda tegişli hujjatlarni taqdim etişni talab qiladigan davlat organlari va boşqa taşkilotlarda.

‼️Yöl harakati xavfsizligi xizmatining xabar berişiça, haydovçilar bevosita transport vositasini boşqarayotganda özlari bilan şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarning originali olib yurişlari kerak, elektron körsatgani ötmaydi.

Ammo bu mantiqsizlik. Masalan, biron mulkingizni 1 mlrd sömga sotmoqçi bölsangiz notariusda elektron hujjat ötadi-yu, lekin şunçaki hujjatingizni tekşiriş uçun töxtatgan YPX inspektoriga qoğoz hujjat körsatişingiz kerak.

Sönggi yillarda haydovçilar uçun yengilliklar berildi, jumladan, haydovçilik guvohnomasi örniga pasport yoki ID-karta olib yurişga ruxsat berildi, köplab hujjatlarning aslini olib yuriş talab etilmaydigan böldi. Mana şu yengillaştiriş jarayonining mantiqiy davomi sifatida endilikda haydovçilarga ham elektron hujjat körsatişga ruxsat berilsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Bundan heç kim heç narsa yöqotmaydi, aksinça, xalq uçun manfaatli bölardi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek