Ekologiya qömitasining joriy faoliyatiga Prezident maslahatçisi rahbarlik qiladi
Ekologiya qömitasining joriy faoliyatiga Özbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi – Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi rahbarlik qiladi.
Ekologiya qömitasi raisining 4 nafar örinbosari Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, mehnatga haq tölaş, tibbiy xizmat va transport taʼminoti şaroitlari böyiça tegişli ravişda Prezident maslahatçisi örinbosarlariga tenglaştiriladi.
Ekologiya qömitasining mansabdor şaxslari uçun avvalgi iş joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boşqalar) uçun ustama va qöşimça tölovlar saqlanib qoladi.
Ekologiya qömitasida işlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni beriş uçun zarur bölgan iş stajiga qöşiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars
