Muhim

Ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş böyiça yangi takliflar körib çiqildi

Matn7-oktabr, 2026, 09:521 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzGaz yetib bormagan hududlarda isitiş mavsumida elektr energiyasi bazaviy meʼyorini 200 dan 350 kilovatt-soatga oşiriş taklifi maʼqullandi.

❗️Şuningdek:

➖ Dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiş masalasini körib çiqiş taklif qilindi;

➖ Ijtimoiy reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi, gaz, kömir va kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplaşda oilaning har bir aʼzosiga qöllaniladigan daromad mezonini 1 million 430 ming sömgaça oşiriş taklifi körib çiqildi. Natijada qöllab-quvvatlaş qamrovi yana 166 ming oilaga kengayadi;

➖ Elektr energiyasi va gaz böyiça bazaviy meʼyordan ortiq isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplaş muddatini 2028-yil 1-aprelgaça uzaytiriş taklif qilindi (bungaça uşbu muddat 2027-yil 1-aprelga qadar edi). Bu çora bilan bir yilda 470 ming oilani qamrab oliş nazarda tutilmoqda;

➖ Şaroiti oğir mahallalardagi 3 mingta xonadonni issiqlik jihatidan himoyalaş va energiya tejovçi uskunalar bilan taʼminlaş işlari ham davom ettiriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek