«E» guruhida kamdan-kam uçraydigan holat röy berdi
“E” guruhida kamdan-kam uçraydigan holat röy berdi. Sönggi turda ötkazilgan ikkala öyinda ham durang natija qayd etilib, barça jamoalar bir xil – 4 tadan oçko jamğardi. Turnir reglamentida belgilangan qöşimça körsatkiçlar hisobigagina 🇧🇪Ruminiya 1-örin, 🇧🇪Belgiya 2-örin hamda 🇸🇰Slovakiya 3-örin bilan pley-offga yöl oldi. 🇺🇦Ukraina esa qolgan jamoalar bilan bir xil oçko jamğargan bölsa ham, töplar nisbati evaziga guruhda qolib ketdi.
“F” guruhida muddatidan avval nimçorak final masalasini hal qilgan 🇵🇹Portugaliya ikkinçi tarkib bilan öynab, 🇬🇪Gruziyaga 2:0 hisobida mağlub böldi. 🇹🇷Turkiya esa 🇨🇿Çexiyaga qarşi dramatik keçgan bahsda 2:1 hisobida ğalaba qozonib, 2-örin bilan keyingi bosqiçga çiqdi. Öz tarixida ilk bor Yevropa çempionatida iştirok etayotgan 🇬🇪Gruziya ham dastlabki mavsumning özida guruhdan çiqdi.
🇪🇺 26-iyun kuni ötkazilgan uçraşuvlar natijalari:
🇺🇦 Ukraina 0:0 🇧🇪 Belgiya (E guruhi)
🇸🇰 Slovakiya 1:1 🇷🇴 Ruminiya (E)
Gollar: Duda 24’, Marin 37’ (penalti)
🇬🇪 Gruziya 2:0 🇵🇹 Portugaliya (F)
Gollar: Kvaratsxeliya 2’, Mikautadze 57’ (penalti)
🇨🇿 Çexiya 1:2 🇹🇷 Turkiya (F)
Gollar: Çalxanoğlu 51’, Souçek 66’, Tosun 90’.
➖➖➖➖➖➖➖
Nimçorak final juftliklari:
29-iyun, şanba
21:00 🇨🇭 Şveytsariya — 🇮🇹 Italiya
23:59 🇩🇪 Germaniya — 🇩🇰 Daniya
30-iyun, yakşanba
21:00 🏴 Angliya — 🇸🇰 Slovakiya
23:59 🇪🇸 Ispaniya — 🇬🇪 Gruziya
1-iyul, duşanba
21:00 🇫🇷 Fransiya — 🇧🇪 Belgiya
23:59 🇵🇹 Portugaliya — 🇸🇮 Sloveniya
2-iyul, seşanba
21:00 🇷🇴 Ruminiya — 🇳🇱 Niderlandiya
23:59 🇦🇹 Avstriya — 🇹🇷 Turkiya
👉 @xushnudbek 👈
