DXX: Xorazmda 4500 dollar pora talab qilgan viloyat IIB xodimi uşlandi
DXX: Xorazmda 4500 dollar pora talab qilgan viloyat IIB xodimi uşlandi
Xorazm viloyati IIB Jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi kiçik inspektori fuqaroni içki işlar organlariga işga kiritib qöyiş evaziga 4,5 ming dollar talab qilgan. U oldindan 1,8 ming dollar va 2,4 mln söm olgan vaqtida qölga olindi.
Toşkent viloyatida esa tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi metodisti oilaviy boğça oçmoqçi bölgan fuqarodan turli ruxsatnomalar uçun 1,5 mln söm va 200 dollar talab qilgan vaqtida qölga tuşdi. Tezkor tadbir davomida undan 200 dollarni olgan tuman FVB katta inspektori ham uşlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida ayol boşqa bir fuqaroga yoşga doir nafaqa tayinlaş uçun iş stajini köpaytirib berişni vaʼda qilib, 7 mln söm olgan vaqtida uşlangan. U bu işni Kamabağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligida işlovçi öğli orqali hal qilmoqçi bölgan.
Hozirda barça holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

