Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Deputatlarimizdan ötinib-ötinib uzr sörayman

Foto25-sentabr, 2022, 13:301 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzToşkent şahar kengaşi deputatlari ayrim köçalarda tezlikni 60 km/soatgaça çeklaş taklifiga qarşi çiqişdi. Jamoatçilik bu qarorni keskin tanqid qilmoqda.

Deputatlarimizdan ötinib-ötinib uzr sörayman

Keça şu mavzu kötarilganda ijodiy jamoamiz bilan mazkur xabarni beriş yoki bermaslik töğrisida muhokama qildik. Va men deputatlar tezlikni kamaytiriş taklifini rad qilganining sababi — YHXB kamgina köçani taklif qilgan bölsa, balki deputatlar köproq köçalarda 60 km/soatga tuşiraylik, bu kam, deb qaytargandir, deya yaxşi gumonga boribman.

Har holda soğlom aql bilan öylaganda, boşqaçasiga qanaqa qilib qaytariş mumkin, degan fikrda edim.

Hurmatli ayrim deputatlar (barçasi emas),

Siz haqingizda yaxşi gumonga borib, sizlarni dunyo körgan va rivojlangan davlatlardagi eng sönggi ilmiy asoslangan tendensiyalardan xabari bor insonlar deya öylaganim uçun ötinib-ötinib uzr sörayman. Bu xatoni boşqa takrorlamayman. Sizni asli qanaqaligingizni bilmaganim uçun, meni maʼzur tutgaysiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek