Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Rasman

Davlat bayroği töğrisidagi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi

Hujjat8-iyul, 2023, 22:261 daqiqa0 koʻrish

Davlat bayrog'i to'g'risida qonun.pdf

PDF · 2,8 MB

Yuklab olish

🇺🇿 Davlat bayroği töğrisidagi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi

Qonun bilan bayroqdan foydalaniş mumkin bölgan holatlar kengaytirildi.

✅ Jumladan:

➖ bayroq va uning tasviri tuşirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yaşaş yoki iş joylarida, transport salonida;

➖ sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nişonlaşda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatçilar dafn marosimlarida;

➖ xalqaro sport musobaqalari hamda Özbekiston çempionatlari uçun sport kiyimlarini tayyorlaş uçun bayroqning tasviri tuşirilgan belgilardan foydalaniş mumkin.

❌ Bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qiliş holatlari aniq belgilandi. Xususan:

➖ bayroqdan va uning tasviri tuşirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teşilgan, rangi oqargan holda va boşqa nomaqbul tarzda foydalaniş;

➖ biror bir narsa uçun ustki yopinğiç sifatida foydalaniş;

➖ stollarga, örindiqlarga, stullarga töşaş yoki tasvirlaş, undan qoplama sifatida foydalaniş, ötiriladigan boşqa joylarga yoki oyoq ostiga töşaş yoki tasvirlaş;

➖ kiyim-keçak, daströmol yoki körpa-töşak sifatida, buyumlarni saqlaş va taşiş uçun foydalaniş;

➖ bayroq tasviri tuşirilgan belgilarni poyabzal, daströmol, körpa-töşak, içki kiyim-keçakka, soçiqlarga, qutilarga (örovlarga), bir marta foydalaniş va taşlab yuboriş uçun möljallangan buyumlarga bosib çiqariş yoki uning tasvirini boşqaça tarzda tuşiriş;

➖ bayroq va uning tasviri tuşirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yuriş-turiş qoidalariga zid ravişda foydalaniş mumkin emas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek