Fikr

Darsliklar haqida

Matn4-sentabr, 2022, 19:502 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz2022-2023 öquv yili uçun darsliklar ijarasi narxlari sinflar kesimida belgilandi. Bir dona kitob ijarasi örtaça 5 707 sömni taşkil etmoqda.

Darsliklar haqida

Maktab darsliklari ança yillardan buyon ijaraga olinardi. Buni hamma biladi. Va deyarli eʼtiroz bölmagan ham.

Ammo bugungi kunda mazkur mavzu keng muhokamalarga sabab bölyapti. Nega?

Çunki aslida muammo ijara haqining mavjudligida emas, balki narxning he yöq, be yöq, 2 baravar oşib ketganida böldi. Va buning ortidan “özi nega darsliklarga pul tölanyapti?”, degan savollar berilmoqda, darsliklarni çop etuvçi tipografiyalar örganiş boşlandi. Hammasi yaxşi, jamoatçilik nazorati bölişi kerak.

Ammo mavzudan çalğimasdan aynan ijara narxi haqida töxtaladigan bölsam, bunday keskin darajada oşgan narx xalq uçun oğirlik qiladi. Kutilmaganda ularning çöntagiga berilgan zarba bölişi şubhasiz. Boz ustiga ayrim sinflarning darsliklari umuman yangilanmagan, ammo ularda ham narx oşib ketgan. Bunisi endi 2 hissa adolatsizlik böldi.

Bunday narx siyosati odamlarda darsliklarning yangilanişiga qarşi salbiy taassurot uyğotadi. “He, yangilamay har balo bölgurlar, undan köra bolam eski darslikda öqigani yaxşi edi” deyişadi. Bu esa taʼlimga katta zarba böladi. Sababi barçamizga maʼlumki, şu kungaça yaratilgan darsliklarning aksariyati sifatsiz bölgan. Bunaqa darsliklar bilan zamonaviy fikrlovçi yoşlarni tarbiyalaş qiyin. Şu sabab darsliklar birin-ketin, bosqiçma-bosqiç yangi avlod darsliklariga töliq yangilanmoqda.

Lekin ijara narxining 2 baravardan köproq oşişi mana şu qilinayotgan katta hajmli işlarni söroq ostida qoldiradi, xalqda nafrat paydo qiladi.

❗️Şu sababli darslik ijarasining narxlarini ötgan yildagidan oşmaydigan qilib, moratoriy eʼlon qiliş, yetmayotgan qismini esa davlat byudjetidan qoplaş kerak.

Yoki ikkinçi kattaroq yöl: darsliklarni butunlay tekin qilib qöyiş, hamma xarajatlarni davlat byudjetidan qoplaşdek inqilobiy qadamni qöyiş kerak. Ammo buni puxta öylab köriş, mutaxassislar bilan batafsil maslahatlaşiş kerak. Çunki nimanidir töliq tekin qiliş quloqqa juda yoqadigan gap bölsa ham, ammo iqtisodiy jihatdan uşovidan tuşovi qimmat bölişi, budjet talon-torojiga sabab bölib, yakunda xalq gardaniga hozirgidan ham köproq badal tuşişi xavfi ham yöq emas.

Mayli, ikkinçi variant böladimi, yöqmi, bilmadimu, ammo har qanaqa vaziyatda ham kamida birinçi variant qöllanişi şart va zarur. Bu belgilangan narx öz kuçida qolişi mumkin emas.

Şavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayramida sözlagan nutqida oldimizda turgan eng asosiy 5 ta vazifani sanar ekan, birinçi bölib aynan TAʼLIM, TAʼLIM va yana TAʼLIM deya taʼkidlagandi. Şuningdek, darsliklar yangilanişi haqida ham fikrlar bildirdi.

Şunday ekan, boşqa ayrim sohalarga bebiliska mablağ sarflanayotgan bir vaqtda, xalq taʼlimidan va darsliklardan pulni qizğoniş notöğri böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek