Daraxt va butalarni qonunga xilof ravişda kesganlik uçun maʼmuriy jarima miqdorlari oşirilmoqda
Daraxt va butalarni, boşqa ösimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravişda kesganlik, kundakov qilganlik, şikastlantirganlik, yöq qilganlik yoki boşqa joyga köçirib ötkazganlik uçun maʼmuriy jarima miqdorlari oşirilmoqda. Bu haqdagi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Bundan taşqari, maʼmuriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida uşbu huquqbuzarliklarni takror sodir etilgani uçun ön beş sutkagaça maʼmuriy qamoqqa oliş çoralari belgilanmoqda.
Şuningdek, daraxtlarni kesiş, şikastlantiriş, yöq qilinişiga olib kelişi mumkin bölgan yoki olib kelgan quriliş loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uçun javobgarlik belgilanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


