Çalğituvçi reklama böyiça raddiya
Çalğituvçi reklama böyiça raddiya
Kanalimizda Xalqaro Nordik universitetining boğça va maktabda 3 yillik iş stajiga va işxonasidan tavsiyanomaga ega bölgan xodimlar uçun maxsus sirtqi taʼlim şakliga öqişga qabul böyiça eʼloni joylaştirilgan edi. Mazkur reklamada “maxsus sirtqi” atamasi işlatilgani yuzasidan savollar köpayganligi uçun izoh berib qöyişni joiz bildim.
❓Maxsus sirtqi taʼlim şakli özi nima?
Köpçilikka taniş bölgan bu atama aslida sirtqi taʼlim şaklining öziga xos turini anglatgan. Yaʼni sirtqiga hamma kirişi mumkin bölsa, maxsus sirtqiga faqat muayyan sohada 3 yil stajga ega bölganlargina olingan. Mana şu asosiy farq edi. Qolgan qismlari deyarli bir xil bölgan. Şu sababli qonunçilikda ham «sirtqi (maxsus sirtqi)» atamasi birgalikda yonma-yon işlatilgan (masalan, Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni taşkil etiş tartibi töğrisida nizom).
Ammo 2020-yilga kelib vaziyat özgardi. Öşa yili qabul qilingan yangi tahrirdagi “Taʼlim töğrisi”dagi qonunning 15-moddasida Özbekistonda mavjud taʼlim oliş şakllari sanab ötildi va işlab çiqarişdan ajralmagan holda taʼlim olişda 3 ta şaklga ruxsat berildi: sirtqi, keçki, masofaviy. Qonunda maxsus sirtqi taʼlim şakli yöq.
Şu sababli qonunçilik böyiça 2020-yildan maxsus sirtqi degan şakl tugatildi va qabullar amalga oşirilmadi.
Lekin bu maxsus sirtqi butunlay yopilganini anglatmaydi. Şunçaki ular ham sirtqi şakl deya hisoblandi. Yaʼni staji borlar endi maxsus sirtqiga emas, alohida kvotada sirtqiga qabul qilinadigan böldi. Masalan, 21.06.2022-yildagi PQ-289-sonli Prezident qaroriga köra, 2023/2024 öquv yili qabulidan boşlab davlat OTMlarida pedagogika sohasidagi taʼlim yönalişlarining sirtqi şakliga faqat pedagogik faoliyatga oid kamida beş yillik iş stajiga ega bölgan şaxslargina qabul qilinişi belgilandi. Yaʼni keyingi yildan pedagogika sohasida sirtqiga faqat stajlilar qabul qilinadi, keçagina maktabni tugatgan oddiy abituriyent hujjat ham topşira olmaydi.
Xulosa: hozirda maxsus sirtqi degan şakl yöq, ammo staji borlar alohida sirtqi taʼlim şakliga qabul qilinişi mumkin.
🔖 Universitet izohi
Xalqaro Nordik universiteti vakillari bilan boğlanganimizda, reklamada “maxsus sirtqi” atamasini odamlarga tuşunarli bölişi uçun işlatişganini, yaʼni bu orqali uşbu yönalişga qabul barça uçun emas, faqat 3 yil stajga ega boğça va maktab öqituvçilari uçunligini yanada soddaroq tuşuntirişni maqsad qilişganini taʼkidlaşdi. Garçi matnda “maxsus sirtqi” atamasi işlatilgan bölsa-da, lekin nomzodlar sirtqi taʼlim şakliga qabul qilinişi va ularga sirtqi şakl diplomi berilişini maʼlum qilişdi.
Ammo şunday bölsa-da, universitet öqişga qabul qilingan abituriyentlarga bergan şartnomasida “maxsus sirtqi taʼlim şakli uçun” degan yozuvlar bölgan. Bu esa haqli eʼtirozlarga sabab bölgan. Universitet maʼmuriyati mazkur kamçiliklarni zudlikda bartaraf etişsa yaxşi bölar edi.
Söngsöz örnida, bunday çalğituvçi atamalar işlatilgan reklama uçun obunaçilarimizdan uzr sörayman, holatdan afsusdaman. Uşbu postlar kanaldan öçirildi.
Yakuniy xulosa: yuqorida taʼkidlaganimizdek, avvallari ham maxsus sirtqi va sirtqi taʼlim deyarli bir xil bölgan. Ammo hozir faqat sirtqi şakl mavjud. Sizning 3 yillik stajingiz bölsa hamda OTM şartlariga rozi bölsangiz, unda bemalol sirtqi şaklda öqişingiz mumkin.
P.S.: uşbu raddiya (aksilreklama) «Reklama töğrisida»gi qonunning 22-moddasiga köra çiqarildi.
👉 @xushnudbek 👈


