Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Bugun — öyin kuni!

Foto11-noyabr, 2025, 13:362 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚽️ Bugun — öyin kuni!

🇺🇿 U-17 terma jamoamiz Jahon çempionati guruh bosqiçidagi uçinçi öyinida 🇵🇦 Panamaga qarşi maydonga tuşadi.

Bizni nima kutmoqda?

Ğalaba — bizni 100% guruhdan olib çiqadi. Yoki 1, yoki 2, yoki 3-örin bilan. Ha, biz hatto ğalaba qozonsak ham, 6 oçko bilan guruhda 3-örinni olişimiz mumkin. Buning uçun Paragvay Irlandiyani 3:2, 4:3 kabi hisoblar bilan yutişi kerak böladi.

Durang — bizni 100% guruhdan olib çiqadi. Yoki 2, yoki 3-örin bilan. Paragvay durang öynasa yoki yutqazsa, 2-örinni olamiz. Agar Paragvay yutsa, unda eng yaxşi natija körsatgan 3-örin sifatida pley-off bosqiçiga çiqamiz. Çunki 8 ta guruhda barça öyinlar tugab böldi va 6 ta guruhdagi 3-örinni jamoalar 4 oçkodan kam töplagan. Bu degani, durang bizni 100% guruhdan olib çiqadi, lekin keyingi bosqiçda kuçliroq raqibga röbarö bölişimiz mumkin.

Mağlubiyat — ahvolimiz oğirlaşadi, lekin nazariy jihatdan yoki 2, yoki 3-örin bilan guruhdan çiqişimiz ham mumkin. Bu Paragvay-Irlandiya öyiniga boğliq böladi. Agar Paragvay yutqazsa, bizda imkon böladi, agar durang yoki ğalaba qozonsa, unda biz guruhda 4-örin bilan turnirni tark etamiz.

⏰ Öyin Toşkent vaqti bilan soat 18:30 da boşlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 12 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek