Bugun nimalar böldi?
Bugun nimalar böldi?
Şavkat Mirziyoyevning Boku şahrida bölib ötgan BMTning Butunjahon iqlim sammitidagi (COP29) iştiroki yuzasidan bugungi tadbirlar:
➖ Özbekiston, Qozoğiston va Ozarbayjon örtasida "yaşil" energiyani rivojlantiriş va uzatiş sohasida strategik şeriklik töğrisidagi bitimni imzolaş marosimi bölib ötdi;
➖ Şavkat Mirziyoyev hamda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev uçraşuvi bölib ötdi, unda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi;
➖ Özbekiston Prezidenti Jahon savdo taşkiloti boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uçraşuv ötkazdi, JSTga aʼzolikka oid muzokaralarni tezroq yakunlaş yuzasidan fikr almaşildi;
➖ davlatimiz rahbari Özbekiston Milliy paviloni bilan tanişdi, masʼullar tomonidan pavilonning ğoyasi va unda ötkazilişi rejalaştirilgan tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berildi;
➖ prezidentimiz ozarbayjonlik adabiyotşunos va Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan şoir Akif Bağirovni qabul qildi. U umrining katta qismini Özbekistonda yaşab, ijod qilgan. Uçraşuvda Akif Bağirov özi ozarbayjon tilida tayyorlagan «Şavkat Mirziyoyev fenomeni» kitobini taqdim etdi;
➖ şuningdek, davlatimiz rahbari Çexiya Boş vaziri Petr Fiala, Gretsiya Boş vaziri Kiriakos Mitsotakis va Global ekologik fond boş direktori Karlos Rodriges bilan uçraşuvlar ötkazdi;
➖ şu bilan Şavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy taşrifi öz nihoyasiga yetdi va Toşkentga jönab ketdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



