Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Bugun Lyublyanada Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi

Albom22-may, 2025, 18:192 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇿🇸🇮 Bugun Sloveniya poytaxti Lyublyanada Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi. Prezident Nataşa Pirs Musar faxriy qorovul safi va ikki davlat madhiyalari bilan oliy martabali mehmonni kutib oldi.

Şundan söng Prezidentlar tor doirada va rasmiy delegatsiyalar iştirokida muzokaralar ötkazdi. Şavkat Mirziyoyev bu taşrif ikki davlat örtasidagi munosabatlarda sönggi 20 yildagi eng muhim voqea ekanini taʼkidladi.

Uçraşuvda prezidentlar savdo hajmini oşiriş, qöşma sanoat va farmatsevtika loyihalarini boşlaş, mehnat migratsiyasi va taʼlimda hamkorlik qilişga kelişib oldilar.

Şavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidentini Özbekistonga taklif qildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek