Fikr

Bilet qaytariş: Uzbekistan Airways — XIX-asrda, Özbekiston temir yöllari — XXI-asrda

Foto28-sentabr, 2022, 14:312 daqiqa0 koʻrish

Bilet qaytariş: Uzbekistan Airways — XIX-asrda, Özbekiston temir yöllari — XXI-asrda

Keça Davletovuz Uzbekistan Airways kompaniyasidan olingan biletlarni qaytariş azobligi haqida yozib qoldi. Buni Kurbanoff ham öz tajribasi bilan tasdiqladi.

Menda ham şunaqa voqea bölgan. Ötgan yili dekabr oyida Uzbekistan Airways’dan olgan biletimni qaytarişga töğri keldi.

Biletni onlayn qaytariş sahifasida mijozdan 17 ta savol söraladi. Hattoki plastik kartangizni bergan bankning MFOsi, bank STIRI, tranzit hisob-raqamini söraş 21-asr uçun öta kulgili va şarmandali deb hisoblayman.

Biletni 1 oy içida qaytarişga vaʼda berişdi. Boşqa xorijiy aviakompaniyalar 1-3 sutkada qaytaradi.

Lekin menga 3 oyda ham pul tuşmadi. Orada Markaziy aviakassaga borib ham keldim. Baribir foydasi bölmadi.

Şundan keyin Transport vazirligi orqali şikoyat qildim. Vazirlik oraga qöşildi, men bilan kompaniya vakillari boğlandi. Lekin şunda ham 1 oydan keyin bir amallab pulimni oldim. Haliyam vazirlik oraga qöşilganda şunaqa, yöqsa umuman ololmasmidim kim bilsin.

Taqqoslaş uçun: Özbekiston temir yöllari kompaniyasida biletni qaytariş uçun atigi bittagina tugmani bossangiz kifoya. Sizdan boşqa heç narsa söramaydi. Masalan, keçadan oldin kuni zarurat tufayli Samarqandga olgan poyezd biletini qaytarişga töğri keldi. Keçki payt soat 21:00 larda qaytargandim, ertasi kuni 16:52-da pul tuşdi.

Xohiş bölsa, mijozlarni qiynamasdan hammasini qilsa böladi. Lekin Uzbekistan Airways’da bunaqa xohiş yöq, ular mijozlarni qiynab mazza qilsa kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek