Muhim

Baliqçilik tarmoğida yagona davlat boşqaruvi tizimi joriy qilinadi

Matn6-iyul, 2026, 12:501 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Baliqçilik tarmoğida yagona davlat boşqaruvi tizimi joriy qilinadi

Prezident farmoniga köra, Suv xöjaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi şaklida Baliqçilikni rivojlantiriş markazi hamda uning hududiy bölinmalari taşkil etiladi.

Sunʼiy suv havzalarida baliq yetiştiruvçilar va naslçilikka ixtisoslaşgan baliqçilik xöjaliklari kafolatlangan suv bilan taʼminlanadi. Bunda:

▪Suv xöjaligi vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklari har yili 15-yanvarga qadar sunʼiy suv havzalarida baliq yetiştiruvçilar va naslçilikka ixtisoslaşgan baliqçilik xöjaliklari töğrisidagi maʼlumotlarni markazga kiritib boradi;

▪ Markaz har yili 30-yanvargaça qadar baliq yetiştiruvçilar va naslçilikka ixtisoslaşgan baliqçilik xöjaliklarining suvga bölgan buyurtmanomalari asosida yil davomidagi suvga bölgan ehtiyoji böyiça maʼlumotlarni oylar va subyektlar kesimida şakllantirgan holda Suv xöjaligi vazirligiga taqdim etadi;

▪ Suv xöjaligi vazirligi har yili 1-martgaça şakllantirilgan röyxatga asosan suv manbalarini körsatgan holda suv oliş limitlarining oyma-oy grafigini tasdiqlaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek