Aziz Abduxakimov xalq taʼlimi tizimini takomillaştiriş bilan boğliq ayrim jihatlarga oydinlik kiritdi
Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov jurnalistlarga bergan intervyusida xalq taʼlimi tizimini takomillaştiriş bilan boğliq ayrim jihatlarga oydinlik kiritdi. Intervyudagi eng muhim jihatlar:
👉 2021-yil oxirigaça barça maktablar Internetga kamida 10 Mb / s tezlikda kiriş imkoniyatiga ega böladi.
👉 har yili har bir viloyatda kamida 50 maktab barpo etiladi
👉 zamonaviy maktablarni qurişga katta eʼtibor qaratiladi
👉 maktablar ergonomik mebellar, zamonaviy öquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter va multimediyali uskunalar, video kuzatuv tizimlari bilan jihozlanadi
👉 2018-yilning noyabrida öqituvçilarning obrö-eʼtibori va ijtimoiy mavqeini oşiriş dasturini qabul qiliş rejalaştirilgan
👉 maktabga qöşimça resurslarni safarbar qilgan direktorlar umumiy summaning 10 foizi miqdorida moddiy rağbatlantiriladi
👉 eng faol ota-onalar, bitiruvçilar, homiylar va boşqalardan tuziladigan kuzatuv kengaşlariga katta huquqlar beriladi. Xususan, ular maktab direktorlarini saylaydi va lavozimidan ozod qiladi, yillik moliyaviy rejalarni tasdiqlaydi, pullik xizmatlar tariflarini va ijara haqini tasdiqlaydi
👉 nodavlat taʼlim muassasalariga nisbatan munosabat mutlaqo özgaradi, ularni eng dolzarb muammolarni hal qilişda asosiy hamkor deb qaraş boşlanadi, xususiy maktabni bitirgan öquvçilarga davlat attestatlari beriladi
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
