Sport

Asila Mirzayorova Tokio-2020 Paralimpiadasida kumuş medal olib, tarixga kirgan edi

Video30-avgust, 2024, 18:092 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Asila Mirzayorova ötgan galgi Tokio-2020 Paralimpiadasida kumuş medal olgandi va Özbekiston tarixida közi ojiz sportçilar orasida ilk medalni qölga kiritgan sportçi sifatida tarixga kirgan edi. Öşanda Asilaning ota-onasi uning murabbiyi Sardor Abduxoliqovga juda köp minnatdorlik bildirgandi. Ha, bu safar murabbiyi Asilani yanada yuksakroq marra tomon olib çiqa oldi. Qoyil va rahmat sizga, Sardor aka!

Buni bilarmidingiz?

Yana bir maʼlumotni aytay. Balki kimdir eslasa kerak, ötgan safar Asila Mirzayorova kumuş medal olganda, uning tarixini eşitib taʼsirlandim, deb yozgan edim.

Gap şundaki, Asilaning matonati biz soğlom insonlar uçun ham örnak. Uning 15 yoşgaça közida heç qanaqa nuqsoni bölmagan. Siz-u biz kabi dunyoni yorqin ranglarda körgan. Ammo 15 yoşida futbol öynayotgan bolalardan birining kuçli zarba bilan tepgan koptogi kutilmaganda Asilaning boşiga tegadi va u boşidan jarohat olib, köz nurini yöqotadi. Tasavvur qilyapsizmi, közi körib turgan yoşgina qizaloq birdan bunday neʼmatdan mahrum bölib qolsa, qanday dahşat bu. Baʼzan qölimizga bitta zirapça kirsa, qança dod-voy qilamiz, masalan.

Ammo yoş bölişiga qaramay, uşbu öta oğir sinovdan muvaffaqiyatli öta olgan, deyişimiz mumkin. Şunçaki taqdirdan nolib, uyida yotmagan. Aksinça, matonatini işga solib, qayta oyoqqa turgan, sportga qatnagan va mana bugun u Paralimpiya rekordçisi sifatida ham oltin, ham kumuş medal egasi bölib şohsupada turibdi!

Bu gaplarni yozyapman-u, etlarim jimirlab, yana nimalardir tomoğimga tiqilmoqda.

Eh, qani edi, Asiladek qahramon qizimizning matonati köpçiligimizda bölganda edi... Afsus, bizda bunaqa jasorat yöq, ming afsus.

Barakalla, Asila! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Asila Mirzayorova — oltin medal sohibi!

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Asila Mirzayorova özining rekordini yana özi yangiladi!

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing