Diplomatiya

AQŞ Rossiyaning «Lukoil» va «Rosneft» kompaniyalariga qarşi sanksiyalar qölladi

Matn23-oktabr, 2025, 11:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇸🇷🇺AQŞ Rossiyaning “Lukoil” va “Rosneft” kompaniyalariga qarşi sanksiyalar qölladi

AQŞ prezidenti Donald Tramp keça, 22-oktyabr kuni özining ikkinçi muddatida ilk bor Rossiyaga qarşi Ukraina bilan boğliq sanksiyalarni joriy etdi.

AQŞ Moliya vazirligi Moskvani Ukrainadagi uruşni darhol töxtatiş töğrisida kelişuvga çaqirdi va zarur bölsa, qöşimça çoralar körişga tayyorligini bildirdi.

“Prezident Putin bu bemaʼni uruşni töxtatişdan boş tortayotgani sababli, Moliya vazirligi Kremlning uruş maşinasini moliyalaştiruvçi Rossiyaning ikki yirik neft kompaniyasiga sanksiyalar qöllamoqda. Biz ittifoqçilarimizni bizga qöşilişga va uşbu sanksiyalarga rioya qilişga çaqiramiz”, – deyiladi moliya vaziri Skott Bessentning bayonotida.

Sanksiyalar uşbu kompaniyalar tarkibida 50 foiz va undan yuqori uluşga ega bölgan şöba korxonalarga ham taalluqli. Şuningdek, mazkur kompaniyalar bilan işlovçi, ulardan neft mahsulotlarini import qilayotgan xorijiy kompaniyalarga ham ikkilamçi sanksiyalar xavfini oşiradi.

Donald Tramp Vladimir Putin bilan Vengriyada ötkazilişi kerak bölgan uçraşuvini ham bekor qildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek