«Anhor» va «Navröz» boğlari örnida turar joy binolari qurilmaydi — Quriliş vazirligi
"Anhor" va "Navröz" boğlari örnida turar joy binolari qurilmaydi — Quriliş vazirligi
Vazirlik poytaxtdagi uşbu ikki boğ hududida turar joy va tijorat binolari qurilişi haqida sönggi paytlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Boğlarni boşqaruvçi kompaniya ham ular odatiy iş rejimida faoliyat yuritayotganini maʼlum qildi. Faqatgina boğ oldidagi "Anhor" savdo markazining egalik huquqi boşqa kompaniyaga ötkazilmoqda va u yerda rekonstruksiya işlarini olib boriş rejalaştirilmoqda. Ammo uşbu savdo markazi kadastr hujjatlariga köra, boğ hududi hisoblanmaydi, u alohida bino.
Boğ örnida quriliş qilişi mumkinligi aytilgan kompaniya ham öz rasmiy sahifasida bu borada rasmiy izoh berdi. Unga köra, loyihani amalga oşiriş va uşbu hududda quriliş işlarini olib boriş rejalaştirilmayapti. Internetda tarqalgan tasvirlar 2024-yilda kompaniyani tark etgan sobiq xodimning içki taqdimotidan olingan.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

