Muhim

Andijonda profilaktika inspektorini piçoqlab öldirgan şaxs qidirilmoqda

Albom3-iyul, 2025, 14:447 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Andijonda profilaktika inspektorini piçoqlab öldirgan şaxs qidirilmoqda

Voqea, 1-iyul kuni viloyatning Xöjaobod tumanida sodir bölgan. “Yuksaliş” mahallasi profilaktika inspektori, katta leytenant Abduvaliyev Abdurasul Qaharoviç 102 raqamiga kelib tuşgan xabar böyiça voqea joyiga yetib borgan.

Aniqlanişiça, uşbu mahalladagi xonadonlardan birida 65 yoşli Xolbozorov Yunusali Tumaroviç mast holda öz oila aʼzolariga piçoq bilan tahdid qilayotgan bölgan.

Hujumçini zararsizlantiriş vaqtida Y.Xolbozorov profilaktika inspektorining kökrak qismiga piçoq bilan zarba berib, oğir tan jarohati yetkazgan. Körsatilgan yordamga qaramasdan, A.Abduvaliyev şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

🫡 Marhumning janozasida Içki işlar vazirligi hamda viloyat hokimligi rahbariyati iştirok etgan, diniy marosimlardan taşqari harbiy anʼanalarga köra, marhumga hurmat yuzasidan miltiqdan öq otib, davlat madhiyasi yangragan.

Gumondor esa voqea joyidan yaşiringan. Hozirda uni aniqlaş va qölga oliş böyiça tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oşirilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

❗️IIV fuqarolardan uşbu şaxs haqida biron-bir maʼlumotga ega bölganda, zudlik bilan yaqin oradagi içki işlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilişni söradi. Maʼlumot bergan fuqaroning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek