Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Alişer Fayzullayev «Özbekiston poçtasi» AJ Boş direktori v.b. etib tayinlandi

Foto11-iyul, 2019, 20:591 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yaxşi yangilik!

Bugun «Özbekiston poçtasi» AJning Boş direktor vazifasini bajaruvçi etib Alişer Nasibullayeviç Fayzullayev tayinlanibdi.

Alişer Fayzullayev (suratda) aloqa va axborotlaştiriş sohasida katta tajribaga ega, qimmatli kadrlardan biri. Ilgari Intellektual mulk agentligining direktori, Aloqa vazirining birinçi örinbosari va tizimdagi boşqa masʼul lavozimlarda işlagan.

Yomon yangilik!

Ötgan yili may oyida maqtab-maqtab «Özbekiston poçtasi» rahbari etib tayinlangan rossiyalik Yevgeniy Birger 1 yil içida taşkilotni botqoqqa botirib ketibdi! Gazeta.uzning xabar berişiça, «Özbekiston poçtasi» 2017-yilda 274,3 million söm sof foyda körgan bölsa, 2018-yilni 27,8 milliard söm zarar bilan yakunlagan.

Uşbu zararning salkam yarmi (13,2 mlrd söm) taşkilotning avvalgi yillardagi foydasi hisobidan qoplanibdi. Aslida bu pullar poçtani rivojlantirişga sarflanişi kerak bölgan. Qolgan yarmi (14,5 mlrd söm) esa taşkilotning kelgusida köradigan daromadlari hisobidan qoplanarmiş.

Naqadar dahşat!

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek