Agrar sohada subsidiyalarni natijaga boğlaş va suğurta qamrovini kengaytiriş taklif qilindi
❗️Agrar sohada subsidiyalarni natijaga boğlaş va suğurta qamrovini kengaytiriş taklif qilindi
Şavkat Mirziyoyev agrar sohada subsidiyalarni ajratiş va suğurtalaş tizimlarini takomillaştiriş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Taqdimotda quyidagilar taklif qilindi:
➖ 2027-yildan subsidiyalarni şunçaki xarajatlarni qoplaşga emas, balki hosildorlik, suv va energiya tejamkorligi kabi aniq natijalarga boğlaş;
➖ har bir subsidiya oluvçining elektron pasportini şakllantirib, natijalarni onlayn kuzatib boriş va dastlab suv tejovçi texnologiyalar yönalişida yangi mexanizmni sinovdan ötkaziş;
➖ subsidiya ajratilgandan keyin ikki-uç yil davomida suv sarfi, hosildorlik va suv unumdorligini baholab, belgilangan körsatkiçlar bajarilmasa, subsidiya mablağini qaytariş;
➖ boğ va uzumzorlardagi köçat va daraxtlar, import qilingan çorva hamda boşqa xavflarni suğurtalaş, şuningdek, çorvaçilik, polizçilik, kartoşka va piyoz yetiştiriş uçun yangi suğurta mahsulotlarini joriy etiş;
➖ suğurta mukofotining 3–5 foizini maxsus jamğarmada şakllantirib, çorvaçilik, paxtaçilik, ğallaçilik, boğdorçilik va uzumçilikda xavflarning oldini olişga yönaltiriş.
👉 @xushnudbek 👈



