Diplomatiya

Abdulla Aripov Qirğizistonning yangi boş vazirini tabrikladi

Foto18-dekabr, 2024, 21:201 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿🇰🇬 Abdulla Aripov Qirğizistonning yangi boş vazirini tabrikladi

Telefon muloqoti davomida boş vazir Abdulla Aripov qirğizistonlik mavqedoşi Odilbek Qosimaliyevni uşbu lavozimga tasdiqlangani bilan tabrikladi.

Maʼlumot uçun, Odilbek Aleşoviç Qosimaliyev bundan buyon Qirğiziston hukumatini boşqaradi.

Bugun, 18-dekabr kuni mamlakat parlamentida hukumatning yangi tarkibi qasamyod qildi.

Qosimaliyevdan oldin 3 yildan ortiqroq vaqt davomida Qirğiziston boş vaziri bölgan Aqilbek Japarov avvalroq lavozimidan ozod qilingan edi.

❓Aqilbek Japarov nima uçun işdan olindi?

Prezident Sadir Japarov Aqilbek Japarovning işdan ketişiga ayni paytda mamlakat Soliq xizmati rahbariyati va xodimlariga nisbatan körib çiqilayotgan jinoyat işida manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelişining oldini oliş uçun qaror qilinganini aytdi.

Joriy yilning 3-dekabrida Soliq xizmatining poytaxt Bişkekdagi barça tört tumanidagi bölimlarida ommaviy hibsga olişlar ötkazilgan edi.

Maʼlum bölişiça, soliq xodimlari korrupsion sxema tuzib, davlat byudjetiga 3,2 mlrd Qirğiziston somi miqdorida zarar yetkazgan.

Soliq xizmati aynan sobiq boş vazir Aqilbek Japarov nazorati ostida edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek