5 yil iş stajiga ega bölgan xodimlarning qabuliga oid batafsil tuşuntiriş
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzIqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil stajga ega xodimlarni keçki taʼlimga tavsiya etuvçi vazirlik va idoralar röyxati eʼlon qilindi.❗️5 yil iş stajiga ega bölgan xodimlarning qabuliga oid batafsil tuşuntiriş
#abituriyent
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil iş stajiga ega bölgan fuqarolar keçki va masofaviy taʼlim şakliga suhbat natijalariga köra tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi. Şu haqida batafsil tuşuntiriş berişimni söraşmoqda.
Tavsiyanoma beriş huquqiga ega 87 ta taşkilotlar röyxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/33211
Agar Siz 5 yillik stajga ega bölsangiz, unda quyidagilarni amalga oşirişingiz kerak:
➖ eng avvalo tavsiyanoma oliş kerak. 88 ta vazirlik, idora va yirik xöjalik birlaşmalari tavsiyanoma beriş huquqiga ega. Röyxatni qarang, agar siz işlaydigan taşkilot ham bölsa, unda siz iş joyingizdagi kadrlar bölimi yoki bevosita rahbaringizga murojaat qiling;
➖ Röyxatdagi taşkilotlar 100 nafargaça xodimga tavsiyanoma berişi mumkin. Talabgorlar esa köp bölişi mumkin, demak, qandaydir tartibda içki tanlov ham böladi, buni har bir taşkilot özi belgilaydi;
➖ Tavsiyanomani şaxsan birinçi rahbar berişi kerak. Masalan, Senat tizimida işlayotgan xodimga tavsiyanomani Senat raisi Tanzila Narbayeva beradi. Yoki Oliy sud tizimida işlayotgan xodim uçun şaxsan Oliy sud raisi Robaxon Mahmudova tavsiyanoma beradi. Agar biron vazirlik tizimida işlaydigan xodim bölsa, unda tavsiyanomani vazirning şaxsan özi beradi. Demak, tavsiyanoma oliş vazirlik bilan boğlaniş kerak böladi, hududiy boşqarmalar bu haqida umuman bilmasligi ham mumkin, çunki tavsiyanoma beriş ularning vakolatiga kirmaydi;
➖ Suhbat asosida talaba bölgan xodimlarning tölov-şartnoma mablağlari işlab turgan taşkilot tomonidan tölab beriladi. Va bu haqida taşkilot kafolat xati ham berişi kerak. Şuning uçun tavsiyanoma oliş oson bölmasligi aniq, sababi siz uçun taşkilotingiz pul tölaşga rozi bölişi kerak;
➖ agar taşkilotlar tomonidan tölovni amalga oşiriş imkoniyati bölmagan holatlarda, istisno tariqasida, Davlat komissiyasi tomonidan xodimning özi tölaşga ruxsat berilişi mumkin;
➖ Tavsiyanoma olgan xodimlar iş faoliyatiga mos bölgan bakalavriat taʼlim yönalişlariga suhbat asosida qabul qilinişi mumkin. Yaʼni duç kelgan joyga öqişga kirib ketilavermaydi, özining işxonasiga mos yönaliş bölişi şart. Tavsiyanoma berilayotganda xodim qaysi OTMning qaysi yönalişiga hujjat topşirişi aniq körsatiladi;
➖ Tavsiyanoma olib, suhbat asosida öqişga kirgan xodimlar keyinçalik uşbu tizimda beş yil işlab beriş şarti böladi;
➖ Tavsiyanoma olgan talabgorlar 20-iyuldan 10-avgustgaça (şu kuni ham) Bilimni baholaş agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn röyxatdan ötkaziladi;
➖ Har yili 20-avgustdan 30-avgustgaça oliygohlardagi qabul komissiyasi talabgorlar bilan suhbat ötkazadi. Unda 4 ta savol beriladi, har bir savolga 25 balldan, maksimal 100 ball töplaş mumkin. 55 balldan yuqori bölganda abituriyent suhbatdan ötgan hisoblanadi;
➖ Tavsiyanoma olib, öqişga kirgan xodim öşa taşkilotdan işdan böşasa, taşkilotning bildirgisi asosida öşa talaba-xodim talabalar safidan çetlatiladi va uning öqişini qayta tiklaşga ruxsat etilmaydi;
➖ Taşkilot tugatilgan yoki qayta taşkil etilgan taqdirda, talaba-xodimga tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt qiymatini öz hisobidan tölab öqişini davom ettirişga ruxsat beriladi;
➖ Tavsiyanoma asosida öqişga qabul qilingan talabalarning öqişini köçirişga ruxsat etilmaydi;
➖ 5 yil iş stajiga ega bölgan va tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uçun tölov-kontrakt miqdori bazaviy tölov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 baravari (har öquv yili uçun) etib belgilangan. Masalan, bazaviy kontrakt 10 mln söm bölsa, suhbat orqali kirganlar 20 mln söm kontrakt tölaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 675-son (04.11.2021-yil) qarori bilan tasdiqlangan Nizom.
❗️ESLATMA: uşbu tartibni 5 yil stajga ega xotin-qizlarning tavsiyanomasi asosida talabalikka qabul qilinişiga aloqasi yöq. U boşqa, bu boşqa.
👉 @xushnudbek 👈


