5 sutkaga qamalgan qaşqadaryolik blogerlar faoliyatini tugatganini eʼlon qilişdi

Matn5-iyun, 2023, 15:262 daqiqa0 koʻrish

5 sutkaga qamalgan qaşqadaryolik blogerlar faoliyatini tugatganini eʼlon qilişdi

29-may kuni 5 sutkaga qamalgan blogerlar Umid Karimov va Maqsud Muzaffarov ozodlikka çiqqaç, bugun öz faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilişdi. Bunga sabab qilib suddagi nohaqlikni keltirişmoqda.

GazetaUz blogerlar bilan boğlanib, vaziyat yuzasidan izoh olibdi.

«Faoliyatimni yakunlaşimda bölib ötgan voqealarning aloqasi bor. Bir narsaga açindim, sud zaliga kirganimdan keyin sudyadan bodikamerani körişlarini juda köp iltimos qildim. Lekin u buni inobatga olmadi. Sudyaga xodimni urmaganim, sökmaganim, haqorat qilmaganimni aytdim. Sud zalida televizor bor, bodikameradagi videoyozuvlarni qöyib berişlarini söradim, biroq inobatga olişmadi», — dedi Umid Karimov.

«Advokat söraganimda ham javob bölmadi. Taniş yuristga telefon qilib, jarayonda ZOOM orqali iştirok etişini taʼminlab berişlarini söradim. Afsuski, birortasi qanoatlantirilmadi. Bekorga 5 sutka berib, çiqarib yubordi. Faoliyatimni şuning uçun tugatmoqçiman. Bizni qonun himoya qiladi, deb öylagan ekanmiz…», — dedi bloger.

ℹ️ Maʼlumot uçun: Qaşqadaryo IIB bergan izohga köra, 29-may kuni Şahrisabz şahri IIB YHXB maʼmuriy binosi oldida blogerlar A.Abdullayev hamda M.Muzafarovga tegişli 2 ta oq rangli davlat raqam belgisi yeçilgan, barça oynalari töliq qoraytirilgan (Abdullayevning maşinasida hatto oldi “lobovoy” oynasi ham qoraytirilgan bölgan va tonirovkaga ruxsati ham bölmagan) hamda ruxsatsiz qayta jihozlangan (serena, yorituvçi qurilma va orqa kapotiga maxsus antenna örnatilgan) Gentra avtomaşinalarida ötirgan payti içki işlar xodimlari ularni tekşirgani kelgan. Şundan söng tegişli hujjatlar söralganda, örtada nizo kelib çiqqani, blogerlar IIO xodimlariga hurmatsizlik va bepisandlik qilgani aytiladi. Lekin blogerlar bu gaplarni inkor qilib, bodikamera yozuvlarini jamoatçilikka körsatişini, şunda haqiqat yuzaga çiqişini aytib kelişmoqda.

Şundan söng, jinoyat işlari böyiça Şahrisabz tumani sudida öşa kunning özida 3 nafar bloger Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning turli moddalari böyiça huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan va har biriga 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek