2700 reytingdan oşgan özbek şaxmatçilari soni 3 nafarga yetdi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzFIDE Grand Swiss 2023 turniri yakuniga köra Javohir Sindorov reytingini 2700 dan oşirib, super grossmeysterlar safiga qöşildi.2700 reytingdan oşgan özbek şaxmatçilari soni 3 nafarga yetdi
Şaxmat olimpiadasidan söng FIDE yangilangan reytingni eʼlon qildi.
Reytingda 4 va 5-örinda ikki 🇺🇿özbek öğloni turibdi. Javohir Sindarov 2782 reyting, Nodirbek Abdusattorov esa 2780 reyting baliga ega.
Eʼtiborli tomoni, Olimpiada davomida Özbekiston ğalabasiga katta hissa qöşgan hamyurtimiz Nodirbek Yakubbayev reyting oçkolari sonini 2700 dan oşirişga muvaffaq böldi. Hozirda dunyo böyiça jami 33 nafar şaxmatçi 2700 dan baland reytingga ega. Endi Yakubbayev ham super grossmeysterlar safiga qöşildi.
Ötgan safar Javohirni şunday yutuq bilan tabriklagan va keyingisi Nodirbek Yakubboyev böladi, deb umid bildirgan edik, u işonçimizni töla oqladi!
Keyingisi yoki Şamsiddin Vohidov, yoki Muhiddin Madaminov bölsa kerak, Xudo xohlasa.
Ayollar reytingida esa Afröza Hamdamova 26-örinni egallab turibdi.
Erkaklar örtasidagi davlatlar reytingida Özbekiston 2637 reyting bali bilan 5-öringa kötarilib oldi (avval 6-örin edi). Bunda öşa davlatdagi eng TOP-10 şaxmatçining örtaça reytingi hisobga olinadi.
👉 @xushnudbek 👈


