Diplomatiya

2026-yil 1-janvardan Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida maslahatçi-elçi lavozimi joriy etiladi

Matn12-noyabr, 2025, 11:591 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇿🇺🇸2026-yil 1-yanvardan Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida maslahatçi-elçi lavozimi joriy etiladi

Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga köra:

➖ maslahatçi-elçi lavozimiga tayinlaş va undan ozod etiş, şuningdek, faoliyati reglamentini tasdiqlaş Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan amalga oşiriladi;

➖ maslahatçi-elçi öz faoliyatida Prezident Administratsiyasi rahbariga hisobdor va Özbekistonning AQŞdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş qismida qöllab-quvvatlaşga masʼul hisoblanadi.

Maslahatçi-elçining vazifalari quyidagilar:

🔹 Özbekiston va AQŞda yirik va strategik investitsiya va savdo loyihalarini amalga oşiriş masalalari böyiça töğridan töğri taşabbus körsatiş va muhokama qiliş;

🔹 Yangi taşkil etilayotgan Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi işini Özbekiston tomonidan kompleks muvofiqlaştiriş.

Bundan taşqari, farmonda AQŞda yangi konsulliklar oçilişi ham nazarda tutilgan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek