123,5 mln yevroga Škodaʼning 10 ta elektropoyezdi xarid qilinadi

Albom18-sentabr, 2026, 12:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🚆 123,5 mln yevroga Škodaʼning 10 ta elektropoyezdi xarid qilinadi

Poyezdlar quyidagi 7 ta yönalişga qöyiladi:

📍Toşkent – Çirçiq – Çinorkent;
📍Toşkent – Yangiyöl – Çinoz – Sirdaryo – Guliston – Yangiyer – Xovos – Bekobod;
📍Toşkent – Nurafşon – Ohangaron – Angren;
📍Toşkent – Keles;
📍Qöqon – Pop – Namangan – Andijon – Marğilon (halqa);
📍Samarqand – Buxoro;
📍Samarqand – Qarşi – Şahrisabz.

Poyezdlar 432 nafar yölovçiga möljallangan, maksimal tezligi esa 160 km/soat böladi. Taxminiy yöl haqi narxi yönalişlar uzoq-yaqinligiga qarab 10 ming sömdan 30 ming sömgaça bölişi kutilmoqda.

Qulayliklari:

Hozirgi ER9E elektropoyezdini (240 örinli) bitta yangi ŠKODA 25Ev elektropoyezdi bilan almaştiriş poyezd uzunligi deyarli özgarmagan holda ötiriş örinlari sonini 1,8 baravar oşiriş imkonini beradi.

Bundan taşqari, yangi elektropoyezd quyidagi qulayliklarni taʼminlaydi:
− salon içida haroratni taşqi +50°C haroratda +32°C dan yuqori bölmagan darajada uşlab turuvçi iqlim nazorati tizimi;
− USB quvvatlaş rozetkalari, LED axborot displeylari, videokuzatuv tizimi hamda avtomatik yonğin signalizatsiyasi;
− harakatlanişi çeklangan yölovçilar uçun kamida 2 ta maxsus joy va olinadigan pandus.

2030-yilgaça möljallangan loyihani amalga oşiriş uçun Yevropa Investitsiya bankidan kredit jalb qiliş közda tutilgan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek