1 mlrd sömlik taʼlim granti: XuşnudbekUz kanali «Mustaqillik-35» grantini eʼlon qildi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzYoşlar işlari agentligi loyihalari bilan kelişuvga köra, 100 nafar ehtiyojmand talabaning kontrakti uçun 10 million sömdan tölab beriladi.❗️1 mlrd sömlik taʼlim granti: kontraktdagi talabalar uçun XuşnudbekUz kanali "Mustaqillik-35" grantini eʼlon qildi
Bir neça yil avval yaxşi niyatlar bilan Metsenat.uz loyihasini boşlagandik. Loyihadan asosiy maqsad taʼlimga investitsiya kiritiş, ehtiyojmand talabalarga ilm olişlari uçun moddiy kömak beriş, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini şakllantiriş edi. Bugunga qadar loyihamizda salkam 7 mlrd sömlik grant va stipendiyalar eʼlon qilindi.
Allohga şukr, mamnuniyat bilan navbatdagi taʼlim grantini eʼlon qilmoqçimiz.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan XuşnudbekUz Telegram kanali eʼlon qilgan taʼlim grantida 100 nafar talabaga 10 mln sömdan, jami 1 milliard sömlik mablağlar tölab berişni niyat qildik.
ℹ️ Maʼlumot uçun: mazkur taʼlim granti Yoşlar işlari agentligining Ibrat farzandlari, Mutolaa, UzChess, Ustoz AI, Kömak, Yoşlar Ventures, UzCombinator kabi loyihalari bilan kelişuv asosida eʼlon qilinmoqda. Kelişuvimizga köra, men 1 yil davomida uşbu ijtimoiy loyihalarni tekinga tarğib qilaman, evaziga esa ular 100 nafar talabaning kontrakti uçun 10 million sömdan tölab berişadi.
❗️Ariza topşiring hamda 100 nafar ğolibdan biriga aylaning.
Taʼlim granti haqida maʼlumot:
🏢 Qaysi OTMlar uçun: barça davlat, nodavlat, diniy oliygohlar uçun
📊 Qaysi bosqiç uçun: bakalavriatning barça bosqiçi
📚 Qaysi taʼlim şakli uçun: kunduzgi, keçki, masofaviy va sirtqi
👥 Neça kişiga beriladi: 100 nafar (şundan kamida 5 nafari TDYU talabalari uçun)
💰Taʼlim granti miqdori: har bir kişiga 10 mln sömdan (jami 1 mlrd söm)
❓Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: özlaştiriş körsatkiçi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va çin yetim, nogironligi bor talabalar. Şuningdek, anketa oxirida yoziladigan esse ham juda muhim.
⏳Hujjatlar 15-sentyabr soat 23:59 gaça qabul qilinadi. Şundan söng jamoatçilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali ğoliblar aniqlanadi.
Eslatma: arizalar töliq elektron tizim orqali qabul qilinişi tufayli, mabodo hujjat topşirişda texnik muammo yoki tuşunmovçilik bölsa, mana bu yerda izohlarda yozib qoldirişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 7 Telegram Stars



