1-fevraldan «Dovut ota» çegara ötkaziş punkti yuk avtomobillaridan taşqari barça uçun 3 oyga yopiladi
1-fevraldan “Dovut ota” çegara ötkaziş punkti yuk avtomobillaridan taşqari barça uçun 3 oyga yopiladi
Qozoğistonning “Tajen” (Özbekistonning “Dovud ota”) çegara ötkaziş punkti orqali şaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan töliq vazni 3,5 tonnadan oşmaydigan yuk avtomobillari harakati 2025-yil 1-fevral sanasidan boşlab 3 oy muddatga vaqtinça töxtatiladi.
Bunga sabab çegara ötkaziş punktlarida taʼmirlaş va jihozlaş işlari olib borilişidir.
Uşbu davr mobaynida “Tajen” (Qozoğiston) – “Dovut ota” (Özbekiston) çegara ötkaziş punktlari orqali harakatlanuvçi şaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan töliq vazni 3,5 tonnadan oşmaydigan yuk avtomobillari “Yallama”, "Zangiota (Navoiy çegara bojxona posti)", “Oq oltin” va “Malik” ötkaziş punktlari orqali harakatlanişlari mumkin.
Ruxsat etilgan töliq vazni 3,5 tonnadan ortiq bölgan yuk avtomobillarining “Tajen” (Qozoğiston) – “Dovut ota” (Özbekiston) çegara ötkaziş punkti orqali harakati uzluksiz davom ettiriladi.
- 2 Telegram Stars



